O‘zbekiston va Janubiy Koreya ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Ramil SitdikovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda O‘zbekiston Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda neft-gaz, neft-kimyo va kimyo, konchilik, mashinasozlik, elektrotexnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport va logistika, turizm sohalarida investitsion loyihalar ishlab chiqmoqda va amalga oshirmoqda

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Janubiy Koreya ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishga e’tibor qaratdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Vstrecha s zamestitelem premyer-ministra Respubliki Koreya Kim Dong-Yonom i federalnim kanslerom Shveysarii po ekonomike Yoxanom Shnayder-Ammanom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Janubiy Koreya savdo-iqtisodiy aloqalari muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasi elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilish davomida turli darajalarda bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish, jumladan o‘tkazish muddati, kun tartibi, yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ilgariroq "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Islom Karimov nomidagi poytaxt xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash masalasi bo‘yicha Inchxon (Koreya) xalqaro aeroporti korporatsiyasi bilan muzokara o‘tkazgandi.

Ayni paytda O‘zbekiston Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda neft-gaz, neft-kimyo va kimyo, konchilik, mashinasozlik, elektrotexnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport va logistika, turizm sohalarida investitsion loyihalar ishlab chiqmoqda va amalga oshirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0