Ayrim idoralarning mansabdor shaxslari ma’muriy jazoga tortildi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovChinovnik vixodit iz kabineta
Chinovnik vixodit iz kabineta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasi hamda "O‘zbekkino" Milliy agentligining mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Adliya vazirligida qonun loyihalari, prezidentining hamda hukumatining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlashda va Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ko‘rib chiqildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, yuridik xizmat xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari hamda hukumatning qaror va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelinayotganligi, bu esa O‘zbekiston prezidenti hamda hukumatiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va masalalarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishiga to‘sqinlik qilayotganligi ta’kidlandi.

Molotok sudi v zale suda - Sputnik O‘zbekiston
Mansabdor shaxslarga nisbatan jarima miqdori belgilandi

Shuningdek, vazirlik va idoralar tomonidan o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish borasidagi ishlari qoniqarsiz darajada ekanligi aytib o‘tildi.

Xabarda aytilishicha, mazkur yo‘nalishda Adliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralarga ularning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yuqori turuvchi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritiladi va ularning bajarilishi ahvoli nazorat qilinadi.

Biroq ayrim vazirlik va idoralar tomonidan mazkur taqdimnomalar bajarilmagan. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasi hamda "O‘zbekkino" Milliy agentligining mansabdor shaxslariga nisbatan mazkur holat bo‘yicha ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan.

Yangiliklar lentasi
0