Ob-havo: O‘zbekistonda yana kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

© Facebook / Voditeli TashkentaPosledstviya shtormovogo vetra v Tashkente
Posledstviya shtormovogo vetra v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi shamol kuchayish davrida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘ramoqda.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. "O‘zgidromet" markazi 2-3 noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotlari haqida xabar qildi.

Anomalnaya jara - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hududi bo‘ylab kuchli shamol va havo harorati isishi kutilmoqda

Xabarda aytilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxodaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘ylab havo harorati 2-3 noyabr kunlari kunduzi + 23 +28 darajadaga ko‘tarilishi mumkin. Kechasi esa +9 +18 darajada bo‘ladi.

2 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida va 3-noyabr kuni Toshkent, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi shamol kuchayish davrida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17-oktabr kuni Toshkent shahrida va Buxoro viloyati hududida 32 m/s tezlikda shamol kuzatilgandi. Kuchli shamol oqibatida bir kishi vafot etdi. Shamol uylar va binolarning tomlari, avtomobillarga zarar yetkazdi. Elektr tarmoqlarining uzilishi tufayli elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar sodir bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0