TOShKENT, 10 noya – Sputnik. O‘zbekistondagi "Trastbank" XAB Rossiyaning "Promsvazbank" banki bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Memorandum "Trastbank" XAB rahbarlari boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida imzolandi, deb xabar berdi bank matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, memorandum O‘zbekiston Respublikasiga tovarlar va xizmatlarni yetkazib berishni nazarda tutuvchi savdo amaliyotlarni va loyihalarni moliyalashtirish sohasida o‘zaro manfaatli operatsiyalarni birgalikda amalga oshirishni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston Milliy banki va Rossiyaning Vneshekonombanki orasida hamkorlik shartnomasi imzolangandi. Ushbu shartnomaga ko‘ra, Vneshekonombank O‘zbekiston Milliy bankiga energetika sohasidagi loyihalar uchun 10-yil muddatga 250 mln dollargacha bo‘lgan kredit liniyasi ochadi.