Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy iqtisodiy forumini tashkil qilishni taklif etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti erishilgan birinchi natijalar - bu o‘z-o‘zini tinchlantirishga asos bo‘la olmasligini ta’kidladi

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanda Shavkat Mirziyoyev mintaqaviy iqtisodiy forumni tashkil etishni taklif qildi.

Ministr ekonomiki Tursii Nixat Zeybekchi - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya iqtisodiyot vaziri: Markaziy Osiyo - Turk-islom sivilizatsiyasi vatanidir
"So‘nggi paytda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘z chegaralarining 85 foizi yuzasidan kelishuvga erishdi. Ko‘pdan buyon davom etib kelayotgan muammolardan biri deyarli hal etildi.

Transport sohasidagi hamkorlik kengaydi. Tojikiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklandi. Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, chegaraoldi hududlar o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda, madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlar faollashmoqda.

Shu bilan birga, qo‘lga kiritilgan dastlabki natijalardan xotirjamlikka berilishimiz mumkin emas, biz hali yo‘lning boshida turibmiz, deb hisoblayman", — dedi Mirziyoyev.

Prezident munosib kelajakni ta’minlash uchun bugun Markaziy Osiyo mamlakatlar oldida turgan muhim vazifalardan biri haqida gapirar ekan, eng avvalo savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperatsiyani mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish zarurligini qayd etdi.

"Mintaqaviy iqtisodiy forumni tashkil etish bu yo‘nalishdagi amaliy qadam bo‘lishi mumkin.

Bu o‘rinda gap biznes hamjamiyatlari o‘rtasida bevosita muloqot va o‘zaro savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va innovatsion hamkorlik borasidagi aniq loyihalarni atroflicha muhokama qilish haqida bormoqda.

Bizning mintaqa mamlakatlari ishbilarmon doiralari hamda yetakchi korxonalar vakillari bilan bir necha bor o‘tkazgan uchrashuvlarimiz iqtisodiy aloqalarni sezilarli ravishda faollashtirish va o‘zaro savdo hajmini oshirish imkonini berdi.

Masalan, yil boshidan buyon O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tovar aylanmasio‘rtacha 20 foizga, ayrim davlatlar bilan esa qariyb 70 foizga o‘sdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Maqsadimiz – Markaziy Osiyoni gullab-yashnayotgan mintaqaga aylantirish

Mintaqalararo hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Shu munosabat bilan Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbarlari (hokimlari) biznes hamjamiyatining assotsiatsiyasini ta’sis etishni taklif qilaman.

BMT ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi samarali kooperatsiya aloqalari 10-yil mobaynida mintaqaviy yalpi ichki mahsulotni kamida ikki barobar oshirish imkonini bergan bo‘lar edi.

Ushbu mexanizmlar butun Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlagan holda, mamlakatlarimiz hududlarining sanoat, investitsiya va intellektual sohalardagi salohiyatini to‘la ishga solish imkonini berishiga ishonaman", — deb ta’kidladi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0