TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Respublika 1-o‘rin va xalqaro musobaqalarda 1-3-o‘rinlarni egallagan shaxslarga testlar va qo‘shimcha imtihonlarsiz oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi qaror bilan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qarorda g‘olib bo‘lish oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz kirish imkonini beruvchi musobaqalarning individual va jamoa turlari ro‘yxatiga aniqlik kiritildi. Bular Olimpiya va Osiyo o‘yinlari; jahon va Osiyo chempionatlari.
Xalqaro tanlovlar va musobaqalar g‘oliblarini rag‘batlantirish tartibi o‘zgardi. O‘qishga kirishda imtiyozlar endi respublika 1-o‘rin va xalqaro tanlovlar va musobaqalar individual va jamoa turlarida 1-3-o‘rinlarni egallagan shaxslarga beriladi (ilgari — 1-5-o‘rinlar). Bunda avvalgidek tanlovlar va musobaqalar jamoa turlarida g‘oliblik natijasiga ko‘ra jamoalar tarkibidan 3 nomzod oliy ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi.
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblarini oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli qabul qilish ta’lim muassasasi ixtisosliklari bilan olimpiada fanlari, tanlovlar ixtisosliklari, sport turlarining soha bo‘yicha mos kelishiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.