Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati kengaytirildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishFarmatsevticheskaya fabrika na vostoke Damaska v rayone Bab al Sharki
Farmatsevticheskaya fabrika na vostoke Damaska v rayone Bab al Sharki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tahrirdagi ro‘yxatga 129 nomdagi yangi dori vositalari qo‘shildi, amaldagi ro‘yxatda mavjud bo‘lgan 100 nomdagi dori vositasi esa chiqarib tashlandi

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatining yangi tahriri davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya Oblastnoy aptechniy sklad v gorode Chelyabinske - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dorilar narxini Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan bo‘ldi
Yangi tahrirdagi ro‘yxatga 129 nomdagi yangi dori vositalari qo‘shildi, amaldagi ro‘yxatda mavjud bo‘lgan 100 nomdagi dori vositasi esa chiqarib tashlandi.

Muqaddam retseptsiz beriladigan dori vositalari 1225 tani tashkil etgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 1254 tani tashkil etadi.

Bunda, ro‘yxatda belgilanishicha, dori vositalarining o‘ramlari, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari, ilova-varaqalarida ko‘rsatilgan dori vositalarini berishda berish tartibidan qat’i nazar, ushbu ro‘yxatga amal qilinishi kerak.

Ro‘yxatning to‘liq matni bilan Lex.Uz da tanishish mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0