Toshkentda psixotrop moddalar bilan ulgurji savdo qiluvchilar qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy xavfsizlik xizmati Toshkentda kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar bilan savdo qiluvchi shaxslarga qarshi reydlar o‘tkazdi

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati Toshkentda o‘tkazgan qator reydlar davomida O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar hududidan noqonuniy tarzda olib o‘tilgan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar bilan ulgurji savdo qiluvchi shaxslar qo‘lga olindi.

Kuch ishlatish tizimi vakilining ma’lum qilishicha, MXX xodimlari huquqni himoya qiluvchi boshqa organlar xodimlari bilan birgalikda 32 yoshli Hamdam Xoliqjonov va 49 yoshli O‘tkir Ishoqovlarni 15 ming dona tramadol tabletkasini 24 million so‘mga sotishayotganida qo‘lga olishdi. Ularning ikkisi ham toshkentlik bo‘lib, birinchisi xususiy kirakashlik bilan shug‘ullangan, ikkinchisi esa "Toshkent Suvsoz" korxonasida ishlagan.

"Xoliqjonovga tegishli "Spark" avtomashinasida yana ming dona tramadol tabletkasi borligi aniqlandi. Surishtiruv davomida Ishoqov bu dorilar Qozog‘istondan aylanma yo‘llar orqali olib o‘tilganini ma’lum qildi. Qo‘lga olinganlar bu dorilarni O‘zbekistonga olib kirishga ruxsat beruvchi hujjat va ularning sertifikatlarini ko‘rsata olishmadi", — dedi MXX xodimi.

Tabletki tramadola - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar sotuvchi yirik guruh qo‘lga olindi

"Farhod dehqon bozori" yaqinida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar bilan savdo qiluvchi yana bir tarmoq yo‘q qilindi. Xususan, operativ xodimlar ilgari bir necha marta sudlangan, hech qayerda ishlamaydigan, ulgurji tarzda psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi toshkentlik 25 yoshli Mavlonjon Ismoilovni qo‘lga olishdi.

Shuningdek, uning sheriklari – 20 yoshli Umar Usmonov va ilgari sudlangan Nuriddin Hasanovlar ham qo‘lga olindi. Ular ham toshkentlik bo‘lib, hech qayerda ishlashmaydi. Ularning yonidan 710 dona tramadol tabletkasi va 2,2 million so‘m pul chiqdi.

Tergovgacha surishtiruv davomida ular Toshkentda kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dorilarni sotish bilan shug‘ullanishgani ma’lum bo‘ldi.

"Reydlar davomida qashqadaryolik 33 yoshli Sanjar ro‘ziyev ham ushlandi. Uning yonidan 81 dona tramadol tabletkasi va 200 ming so‘m pul topildi. Surishtiruv davomida u Toshkentdan Samarqand, Jizzax va Surxondaryo viloyatlariga ushbu dorilarni jo‘natishini bildirdi", — dedi MXX xodimi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Yangiliklar lentasi
0