Xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonga kelish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Obuna bo‘lish
Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston turistik vizasida ko‘rsatilgan muddatdan oldin kelgan taqdirda turistik vizalarga O‘zbekiston TIV konsullik burolari tomonidan davlat chegarasidan o‘tish punktlarida tegishli o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat etiladi

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Joriy yil 7-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi xorijiy fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibini tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritdi.

Ploshad Registan - Sputnik O‘zbekiston
Turklar Samarqandda 20 million dollarlik mehmonxonani barpo etadi

Qabul qilingan qaror talablariga ko‘ra, xorijiy fuqarolarning amalda hisobga qo‘yilganligi ichki ishlar organlari tomonidan avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur yordamida tekshiriladi.

Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston turistik vizasida ko‘rsatilgan muddatdan oldin kelgan taqdirda turistik vizalarga O‘zbekiston TIV konsullik burolari tomonidan davlat chegarasidan o‘tish punktlarida tegishli o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat etiladi.

O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘luvchi xorijiy fuqarolar o‘zlarini qabul qiluvchi tashkilotlar (vazirlik, idora, tashkilot), shuningdek, xususiy ishlar bo‘yicha ularni O‘zbekistonga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda, xohishlariga ko‘ra mehmonxona xizmatlari — vaqtinchalik yashash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladigan joylashtirish vositalarida (mehmonxonalar, turizm bazalar va komplekslari, dam olish uylari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmonxona uylari, lagerlar, sanatoriylarda davolash muassasalar)da yashaydilar.

Dokumenti v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev turkiyalik sobiq deputatni turizm qo‘mitasi raisiga maslahatchi etib tayinladi
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari tomonidan talablarning buzilishi O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Quyidagilar vaqtinchalik propiskaga tenglashtiriladi: sayyohlik operatori tomonidan tashkil etilgan tur doirasida ekskursovod, gid va/yoki yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi hamrohligida aholi punktlari tashqarisiga sayohat amalga oshirilganda, agar bunday tur muddati yoki uning bir qismi 10 kundan oshmasa;

Xorijiy fuqarolar tomonidan sayyohlik operatorining avtoturini xarid qilgan holda shaxsiy avtomobilda, motosiklda, velosipedda, piyoda yoki guruh tarkibida avtobusda sayohat amalga oshirilganda, sayyohlik operatorlari tomonidan ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur yordamida sayyohlarning pasport ma’lumotlari, harakatlanish yo‘nalishlari sxemasi, sayohat paytida to‘xtash (tunash) joylari ko‘rsatilgan elektron shakldagi ro‘yxati taqdim etilishi.

Bunday joylashtirish uchun har bir yashagan kun hisobiga EKIHning 10 foiz miqdorida turistik yig‘im undiriladi.

Yangiliklar lentasi
0