O‘zbekiston 2025-yilgacha jahondagi eng yetakchi 20 ta davlatlar ro‘yxatiga kirmoqchi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Doing Business hisoboti doirasida O‘zbekiston 2025-yilgacha jahondagi eng yetakchi 20 ta davlatlar ro‘yxatiga kirish borasida ish olib borilmoqda. Bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan xalqaro davra suhbatida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Axmedxo‘jayev ma’lum qildi.

Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Erkin konvertatsiya ochilgandan buyon aholi yarim milliard dollarlik mablag‘ni almashtirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maqsadlarga erishish uchun respublika birinchi navbatda investitsion siyosatini ishlab chiqish borasidagi ishlarni mantiqiy yakuniga yetkazish zarur. Bu yo‘nalishda tayyorlanayotgan Investitsiya kodeksi loyihasi muhim omil bo‘ladi.

"Biz xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha milliy qonunchilik bazasini qayta ko‘rib chiqmoqdamiz. Hozirgi kungacha Investitsiya kodeksi loyihasi va tuzilishi tayyorlandi. Bu kodeks yagona huquqiy hujjat bo‘ladi. Biz aniq tushunamizki, kelgusidagi rivojlanishimiz bugungi kunda qo‘yayotgan qadamlarimizga bog‘liq bo‘ladi", — dedi Axmedxo‘jayev.

Bugungi kunda O‘zbekiston investitsiya masalalari qo‘mitasi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy istiqbollarni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganmoqda.

O‘zbekiston sarmoyaviy salohiyatning oshishida, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan qonunlar ishlab chiqilishida hamda kafolatlangan qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishida alohida ahamiyatga ega.

Aziatskiy bank razvitiya - Sputnik O‘zbekiston
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston uchun 2,3 mlrd dollar ajratadi
Qo‘mita rahbari so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda barqaror moliyaviy tizimni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Bu masalada korporativ va moliyaviy ma’lumotlarni to‘liqligi, mahalliy kompaniyalar tomonidan hisobot yuritish ishlarini xalqaro standartlar darajasiga yetkazish zarur bo‘ladi.

"Biz xalqaro maydonda O‘zbekiston brendini yaratmoqdamiz va targ‘ib qilmoqdamiz. Bu yerda qisqa muddatda shiddatli piar-kompaniya haqida gap ketmoqda. Shuningdek, butun dunyo bo‘yicha biznes yetakchilarini jalb qilishga harakat qilmoqdamiz. Biz yangi qonunchilik tashabbuslar va amaliy qadamlarni qamrab oluvchi uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyani ishlab chiqishni rejalashtirganmiz", — deb ta’kidladi Axmedxo‘jayev.

O‘zbekiston oktabr oyida ilk bor UzAgro brendi ostida Rossiyaga meva-sabzavotlar yetkazildi. Sal ilgariroq Tojikiston O‘zbekistonga yagona brend ostida yangi bozorlarni o‘zlashtirishni taklif qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0