Erkin konvertatsiya ochilgandan buyon aholi yarim milliard dollarlik mablag‘ni almashtirdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishProverka dollarov na podlinnost
Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil sentabr-oktabr oylari oldingi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanganda oylik valyuta almashinuv hajmi 70 foizga ortganligi ma’lum bo‘ldi. Eksport qiluvchilarning valyuta sotuvidan tushgan foydasi ikki baravarga ko‘paydi.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Jismoniy shaxslar tomonidan sentabr-oktabr oylari davomida banklar orqali yarim milliard dollardan ortiq mablag‘ almashtirildi. Bu haqda Markaziy banki raisning birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov ma’lum qildi.

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dollar, yevro va rubl arzonlashdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu vaqt ichida jismoniy va yuridik shaxslarning xorijiy valyutada pul o‘tkazish (tranzaksiya) ko‘rsatkichlari sezilarli darajada ko‘tarildi.

Joriy yil sentabr-oktabr oylari oldingi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanganda oylik valyuta almashinuv hajmi 70 foizga ortganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, mahalliy eksport qiluvchilarning valyuta sotuvidan tushgan foydasi ikki baravarga ko‘paydi.

Shuningdek, Markaziy bank amaldori so‘zlariga ko‘ra, jismoniy shaxslarning valyuta mablag‘lari ko‘rsatkichlarining ko‘payishi aholi davlat tomonidan olib borilayotgan monetar siyosatiga ishonch ortib borayotganligidan dalolat bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab erkin konvertatsiya joriy etilgandi. O‘zbekiston yuridik shaxslari xalqaro faoliyatning joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun tijorat banklaridan xorijiy valyutani cheklanmagan miqdorda sotib olish yoki sotishlariga ruxsat berilgandi. Jismoniy shaxslar esa tijorat banklarida xorijiy valyutani bank kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan, cheklanmagan miqdorda, sotib olish yoki sotishlari mumkin va sotib olingan valyutadan chet elda cheklanmagan miqdorda foydalanishlari mumkin.

Erkin konvertatsiyaning birinchi haftasida tijorat banklarida aholi tomonidan jami 200 mln dollar mablag‘ almashtirib olingan, yuridik shaxslar esa ushbu davr ichida 100 mln dollarga yaqin mablag‘ almashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0