TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Moskvada sog‘lom ovqatlanish tarmoq do‘konlarida konservalangan lag‘mon va palov sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Facebook foydalanuvchisi o‘z sahifasida post yozgan.
"Bundan avval konservalangan palovni chiroyli dumaloq idishda yegandim. O‘shanga o‘xshash ekan. Lekin uni Toshkentda xarid qilgandim. Moskvada birinchi bor uchratapman", — deb yozilgan xabarda.
Ayrim foydalanuvchilar mazkur xabar ostidan bu yangilik faqat Moskvada yo‘lga qo‘yilganligidan achinib, kelgusida Rossiyaning boshqa hududlarida joylashgan do‘konlarda ham sotuvga chiqarilishiga umid bildirishgan.
Konservalangan palov Toshkent shahrida 2015-yildan boshlab tayyorlanmoqda. Konservalangan palovning saqlash muddati — ikki yil.