Konservalangan palov Germaniya va Shveysariya bozorlariga eksport qilinadi

© Sputnik / StringerKonservalangan Toshkent palovi
Konservalangan Toshkent palovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda xorijiy mamlakatlar bilan ushbu mahsulot turini import qilish uchun Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan sertifikatni olish borasida muzokaralar olib borilmoqda

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Surix shahrida O‘zbekiston va Shveysariya ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘tkazilgan biznes-forumda O‘zbekistondan konservalangan palovni import qilish masalasida muzokaralar olib borildi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Konservirovanniy tashkentskiy plov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qozog‘istonga konservalangan palov eksport qiladi
"Ayni paytda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mamlakatimizning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda konservalangan palovni Germaniya va Shveysariya bozorlariga eksport qilishni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda", deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, xorijiy mamlakatlar bilan ushbu mahsulot turini import qilish uchun Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan sertifikatni olish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Biznes-forum doirasida erishilgan kelishuvga muvofiq, Shveysariya va Yevropa Ittifoqi davlatlaridagi import qiluvchi korxonalar, yirik savdo tarmoqlari va riteyl-kompaniyalar, tadbirkorlar uyushmalari, birlashmalari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish, uni yanada faollashtirish, xususan, ushbu mamlakatlar bozorida O‘zbekiston kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik tadbirkorlarning yirik ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishi, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, zarur litsenziya va sertifikatlar olish ishlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0