O‘zbekistonda dollar, yevro va rubl arzonlashdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank tomonidan yangi hafta uchun o‘rnatilgan kursga ko‘ra xorijiy valyutalar qiymati pasaygan.

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki  yangi hafta uchun xorijiy valyuta kurslarini belgiladi. Ushbu kurslarda banklar 7-noyabrda valyuta ayrboshlashni boshlaydi.

     Dollar narxi 10,50 so‘mga kamayib— do 8067,62 so‘mni tashkil qildi.

     Yevro kursi esa 13,81 so‘mga arzonlashib — do 9367,31 so‘mni tashkil qildi.

     Rossiya rubli 2,65 so‘mga arzonlashib – 136,62 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qonunchililiga ko‘ra, Markaziy bank xorijiy valyuta talab va taklif darajasini uning kursini oshirish yoki kamaytirish yoki boshqa uslublar bilan nazorat qilib turish huquqiga ega.

2017 yilnig 5-sentabrida O‘zbekistonda xorijiy valyutalar davlat kursi 4210,635 so‘mdan 8100 so‘mga ko‘tarilgan va valyutani cheksiz ayrboshlash boshlangan edi. Ayni damda Markaziy bank kursi bojxona soliqlari, buxgalteriya hisoboti, statistik ma’lumotlar va boshqa hisob-kitoblar uchun foydalaniladi.

Bevosita valyuta almashtirishda Tijorat banklari yuqorida belgilangan valyuta kurslariga o‘z komissiyalarini qo‘shish huquqiga ega.

Yangiliklar lentasi
0