TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi qurilishi uchun maydonni tozalab berish maqsadida Islom Karimov nomli shohko‘chada ko‘plab ko‘pqavatli binolar buzib tashlanadi.
Shu tarzda, Kinochilar uyi, "O‘zbekiston san’ati va madaniyat forumi" fondi, respublika OVIR, Toshkent metropoliteni boshqarmasi binolari buziladigan binolar ro‘yxatiga kiritilgan.
Kinochilar uyi binosida faoliyat yuritib kelgan "O‘zbekkino"chilar ayni vaqtda "O‘zbekfilm" binosiga ko‘chib o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
"O‘zbekfilm"da ushbu munosabat bilan loyihalash-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.