"Tashkent City"da quriladigan binolarning balandligi 40 qavatgacha bo‘ladi

© FacebookOdobrena konsepsiya Tashkent city
Odobrena konsepsiya Tashkent city - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu hududda konferensiya va ko‘rgazma markazlari, gipermarketlar, ko‘plab savdo maydonlari, restoran va kafelar quriladi

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Islom Karimov, Alisher Navoiy shohko‘chalari, Furqat va Olmazor ko‘chalari orasida 80 gektar maydonda joylashadigan "Tashkent City" xalqaro biznes markazining konsepsiyasi ma’qullandi. Bu haqda "Tashkent City"ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

"Tashkent City" biznes markazi seysmik xususiyatlar, shaharning arxitektura qiyofasi, Markaziy Osiyo shaharsozlik an’analaridan kelib chiqqan holda tabiat bilan hamohanglikda barpo etiladi.

Biznes ofis, mehmonxona va apartamentlar uchun mo‘ljallangan, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bunyod etiladigan binolarning balandligi 40 qavatdan oshmaydi, turarjoylarning balandligi esa 12 qavatgacha bo‘ladi.

Bundan tashqari, ushbu hududda konferensiya va ko‘rgazma markazlari, gipermarketlar, ko‘plab savdo maydonlari, restoran va kafelar quriladi. Binolar ostida avtoturargohlar joylashadi.

Sahifada bildirilishicha, "Tashkent City"dagi savdo-ko‘ngilochar majmualar va park hududlaridagi qulayliklar poytaxt aholisi va mehmonlarini jalb etadi.

Loyihani amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida direksiya tashkil etilgan bo‘lib, u xorijlik va mahalliy investorlarni birlashtiradi.

Yangiliklar lentasi
0