OAV: yadroviy sinovlardan keyin Shimoliy Koreyada mutant-bolalar tug‘ilmoqda

© JOEL SAGET / AFPNovorojdenniy
Novorojdenniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya hukumati bo‘ladigan sinovlar haqida mahalliy aholini xabardor qilmaydi, shu bois ularda yashirinishga imkon yo‘q

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Pangiri yadroviy poligonda o‘tkazilgan sinovlardan so‘ng Shimoliy Koreyadagi turli qusurlarga ega bolalar dunyoga kela boshladilar. KXDR dan qochib o‘tgan fuqarolar bu haqda Janubiy Koreyaning Chosun Ilbo nashriga gapirib berishdi.

Goroda mira. Pxenyan - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Pangiri poligoni yer ostida o‘tkazilgan oltita yadroviy sinovlardan so‘ng cho‘lga aylangan. O‘sha hududdan bo‘lgan qochqinlar ekinzorlarning sakson foizi qovjirab qolgani, buloqlar qurigani, darolardan baliqlar yo‘qolib qolgani, mahalliy aholining bolalari esa mutatsiyalar bilan tug‘ila boshlagani haqida so‘zlab berishdi.

"Kilju (Pangiri poligoni joylashgan uyezd, tahr)da yashaydigan qarindoshimdan kasalxonalarda mutant-bolalar tug‘ilayotgani haqida eshitib qoldim", — deb aytgan Shimoliy Koreyadan kelgan qochqinlardan biri.

Yana bir qochqin esa radiatsiya yer osti suvlariga ham ta’sir ko‘rsatgani haqida xabar bergan.

Seul yadro texnikasi milliy universiteti professori Sux Kun-rulning izoh berishicha, yer qatlamida sinovlar tufayli hosil bo‘lgan yoriqlar natijasida suvlarning ifloslanishi singari holatlar yuzaga kelgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, odamlarni sinovlar haqida umuman ogohlantirishmaydi.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya qay tarzda AQShga "zarba berishi" haqida video tarqatdi
"2006 yilning oktabrida amalga oshirilgan birinchi va 2009-yilning may oyidagi ikkinchi  yadroviy sinovlar vaqtida ham faqatgina harbiy xizmatchilar oilalari evakuatsiya qilingan edi. Ular yerosti shaxtalarida yashirinishdi. Odatda odamlar sinovlar haqida hech narsa bilmasdilar", — deb hikoya qiladi 2010-yilda KXDRdan qochgan erkaklardan biri.

Pangiri aholisi yadro poligonini qo‘riqlaydigan askarlar va obyekt bilan bog‘liq plantatsiyaga ishlov beradigan bir nechta fermerlardan iborat.

"Ikkita yadro sinovi oldidan detonatorlar sinovi amalga oshirilgan edi. Mahalliy aholi detonatorlarni qazish uchun ishga chiqarilgandi. Shaxsan men o‘shanda darolardan oyoq-qo‘llari uzilgan murdalarning oqib o‘tayotganini ko‘rganman", — dedi o‘z hikoyasida qochqinlardan biri.

Yangiliklar lentasi
0