TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevna yo‘llagan maktubida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik bundan keyin ham faqat kengayib boraverishiga shonch bildirdi, deb xabar qilind O‘zbekiston TIV rasmiy saytida.
Maktub avvalida Afg‘oniston rahbari O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib o‘tgan.
"Qadrli birodarim, muhtaram O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti!
Afg‘oniston mamlakatlarimizni yanada yaqinlashtirish va iqtisodiyotimizni rivojlantirishga xizmat qiladigan qo‘shma loyihalar ustida ishlashni davom ettiradi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz uchun Sizga yana bir bor tashakkur izhor etaman. Bu hamkorlik bundan keyin ham faqat kengayib boraverishiga ishonchim komil.
So‘zim oxirida Siz, Janobi Oliylariga yana bir bor mustahkam sog‘liq, xalqingizga baxt va farovonlik tilayman", — deyilgan maktubda.