TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Facebook kompaniyasi "pornoqasd"ga qarshi kurashning yangi usulini sinovdan o‘tkazmoqda. Endilikda u yoki bu foydalanuvchining intim suratlarini uning roziligisiz chop etish yoki uchinchi shaxsga yuborib bo‘lmaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu turdagi tajriba to‘rtta mamlakatda o‘tkaziladi. Inman-Grant bergan izohga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Messenger ilovasi yordamida o‘zlarining intim suratlarini yuboradilar va shundan so‘ng serverlar suratning "raqamli belgisini" ishlab chiqadi. Kelajakda kimdir ushbu suratni ijtimoiy tarmoqlarga joylashga urinadigan bo‘lsa, tizim "raqamli belgi" yordamida suratni bloklaydi.
Kompaniya yuborilgan suratlarni o‘z serverlarida saqlamaydi: faqatgina ilova xotirada saqlanib qoladi, va yuborilgan materiallar bilan Facebook xodimlari emas, balki sun’iy aql ishlaydi, deb qo‘shimcha qildi Inman-Grant.
Melburn qirolligi texnologiya universiteti va Monasha universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar 16 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan har beshinchi avstraliyalik "pornoqasd" qurboni bo‘lganini ko‘rsatgan.