Tojikistonda qizlarni rasmlarini pornosaytlarga chiqarib yuborayotgan shantajchi qidirilmoqda

© fotoliaNakazanie za "xakerstvo"
Nakazanie za xakerstvo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonlik qizlar internet xuliganlari tomonidan shantaj qilinmoqda

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Tojikiston IIVga fotosuratlari pornosaytlarga chiqib ketayotgan qizlardan ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti Tojikiston IIV matbuot kotibi Umarjon Emomalidan olingan xabar asosida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kimdir ijtimoiy tarmoqlardagi pornosahifalarda tojikistonlik qizlarning suratlaridan foydalanilayotgan ekan.

Moskvada “telefon terrorchi”larining asosiy qismi - maktab o‘quvchilari bo‘lib chiqdi
"Keyingi vaqtlarda Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi pornosahifalarda suratlari paydo bo‘lgan qizlardan o‘nlab shikoyatlar kelib tushdi", — deb aytgan agentlikka Emomali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IIV tomonidan olib borilgan tekshiruvlardan so‘ng ushbu sahifalar moderatorlari chet elda ro‘yxatdan o‘tishgan va chetda yashashlari oydinlashgan.

Matbuot-kotibning so‘zlariga ko‘ra, qizlar o‘z arizalarida noma’lum shaxslar suratlarni ularning Facebook, Instagram va "Odnoklassniki"dagi akkauntlaridan olib, so‘ngra "Tojikiston fohishalari" sahifasiga joylashgani va surat taglaridan haqorat mazmunidagi izohlarni qoldirishgani haqida aytib o‘tishgan.

"Arznoma bilan murojaat qilgan qizlarning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar ularni ta’qib qilib, ushbu suratlarni sahifadan olib tashlanishi uchun katta miqdorda pul talab qilishmoqda", — degan u.

Yangiliklar lentasi
0