Samarqandda fuqarolarni Rossiyaga ishga jo‘natish markazi ish boshladi

© Press-slujba MMSMnogofunksionalniy migratsionniy sentr
Mnogofunksionalniy migratsionniy sentr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘zbekistonliklarni ishga tashkiliy jalb etish bo‘yicha 50ga yaqin kelishuv imzoladi

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Samarqandda Mehnat migrantlarini ketish oldidan tayyorlash va Rossiya Federatsiyasiga jo‘natish markazi ochildi.

Dokumenti v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Ishchi migrantlarga huquqiy yordam ko‘rsatish assotsiatsiyasi vakolatxonasi ochildi

Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Anna Mitaninaning aytishicha, markaz ochilishi Rossiyaga noqonuniy migratsiya oqimini qisqartiradi va o‘zbekistonliklar uchun qulay ish sharoitlarini yaratishga imkon beradi.

"Ishga tashkiliy jalb etish mehnat migratsiyasini tartibga solishning eng yaxshi usuli bo‘lib, ishchilarga meyoridagi oylik maosh, mehnat sharoitlari, ish vaqti, ketish oldidan tayyorgarlik, tashkiliy ishlar kafolatlanadi", — deb iqtibos keltiradi RIA Novosti Mitaninaning so‘zlaridan.

Markaz 8-noyabrdan to‘liq rejimda ish boshladi. Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar bu yerda dastlabki suhbat, tibbiy tekshiruv va rus tili bo‘yicha imthondan o‘tishadi.

Yangiliklar lentasi
0