Samarqand xalqaro anjumaniga 500 nafar xorijiy vakillar keladi

Obuna bo‘lish
Anjumanda tashqi ishlar vazirlari, YeXHT va ShHT bosh kotiblari, MDH ijroiya qo‘mitasi raisi, YeI va BMT xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari va 100dan ortiq ekspertlar ishtirok etadi.

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Samarqandda 10-11 noyabr kunlari O‘rta Osiyoda rivojlanish va xavfsizlikni ta’minlashga bag‘ishlangan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusida bo‘lib o‘tadigan anjumanda 500 dan ortiq xalqaro delegatsiya vakillari ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV.

Samarqand anjumani — mintaqa xavfsizligi va taraqqiyotiga bag‘ishlangan. Unda O‘rta Osiyo davlatlari orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, ekologiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik sur’atini oshirish, taraqqiyot bo‘yicha hududiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Undan tashqari, anjumanda yuqorida aytib o‘tilgan ishlarni amalga oshirishda hamda zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda xalqaro tashkilotlar va hamkor davlatlarning o‘rni muhokama qilinadi.

Mogerini payshanba kuni Mirziyoyev bilan uchrashadi

Anjuman O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, O‘rta Osiyodagi BMTning Preventiv diplomatiya markazi hamda BMT Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash markazlarining hududiy bo‘limlari tomonian tashkil qilingan.

“Yirik xalqaro tadbir ishida 500 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari, MDH, Yevropa, Osiyo va Amerika davlatlarining nufuzli rasmiy delegatsiyalari, BMT, YeI, YeXHT, ShHT, MDH, YeTTB kabi 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar rahbariyati, 100 ga yaqin taniqli xalqaro ekspertlar va yetakchi xorijiy OAV vakillari, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus a’zolari qatnashadi”, – deyilgan O‘zbekiston TIV xabarida.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vistupil na 72-y Genassamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqi

Forum dasturiga muvofiq, BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha, BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy burosi direktori Jihan Sultanoglu, YeI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Yevropa komissari Neven Mimitsa, YeXHT Bosh kotibi Tomas Greminger, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va boshqa xalqaro tuzilmalar rahbarlarianjumanda nutq so‘zlashadi.

Shuningdek, konferensiyada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha katta direktori Liza Kortis va xorijiy mamlakatlarning boshqa rasmiy vakillari so‘zga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyoni osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylantirish O‘zbekiston prezidenti tomonidan tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi minbaridan turib ham fikr bildirgan edi. Ushbu anjuman Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan muhim amaliy qadam bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0