Mogerini payshanba kuni Mirziyoyev bilan uchrashadi

Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lishi hamda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida ishtirok etishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Frederika Mogerini payshanba kuni O‘zbekistonga keladi va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Delegatsiya tarkibida Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Yevropa komissari Neven Mimitsa va boshqa rasmiy shaxslar ham kiradi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining yuqori mansabdor vakillarini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilishi rejalashtirilgan.

Tashrif dasturiga ko‘ra YeI delegatsiyasi Samarqand shahrida 10-11 noyabrda bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” muvzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0