O‘zbekiston 1 mlrd $ dan ortiq to‘qimachilik mahsulotlari eksport qiladi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishNa raskroynom uchastke tekstilnogo predpriyatiya v Uzbekistane
Na raskroynom uchastke tekstilnogo predpriyatiya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro paxta yarmarkasi davomida Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur va Moldova kompaniyalari bilan shartnomalar imzolandi.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. XIII xalqaro paxta va to‘qimachilik mahsulotlari yarmarkasi davomida O‘zbekiston tayyor va yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlar eksportiga oid 1 mlrd dollardan ortiq  shartnomalar imzoladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Urojay xlopchatnika - Sputnik O‘zbekiston
Paxta yarmarkasiga 44 davlatdan 1500 nafar mutaxassis keladi

Eng yirik qiymatli shartnomalar Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur va Moldova davlatlari bilan  imzolandi. Xorijiy kompaniya vakillari O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari sifati va narxini yuqori baholashdi. Shu bilan birga shartnomalar imzolash davom etmoqda va imzolangan shartnomalar bo‘yicha aniq raqamlar yarmarka yakunida e’lon qilinadi. Paxta tolasi borasida imzolangan shartnomalar qiymatlari ham yarmarka oxirida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan xalqaro paxta yarmarkasi doirasida O‘zbekiston 1,32 mlrd dollarlik shartnomalar imzolagan edi. Bu yilgi xalqaro paxta yarmarkasiga dunyoning 50 mamlakatidan 1500 dan ortiq mutaxassislar kelishgan.

Yangiliklar lentasi
0