O‘zbekiston prezidenti Donald Trampga ta’ziya izhor etdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishPolitsiya SShA
Politsiya SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Texasda sodir etilgan mudhish hodisa munosabati bilan AQSh prezidentiga hamdardlik bildirdi

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika qo‘shma shtatlarining Sazerlend Springs shahridagi "Birinchi Baptist Cherkovida" yuz bergan otishma oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidenti Donald Trampga ta’ziya izhor etdi.

Sotrudniki politsii vo vremya aksii protesta - Sputnik O‘zbekiston
Texasda sobiq askar cherkovga kelgan 27 kishini otib tashladi
"O‘zbekiston bunday oqlab bo‘lmas, har qanday ko‘rinishdagi g‘ayriinsoniy va shavfatsiz zo‘ravonlik aktlarini keskin qoralaydi", — deyiladi maktubda.

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik izhor etdi hamda barcha jarohat olganlarga tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi, deb xabar qiladi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Eslatib o‘tamiz, AQShning Texas shtati Sazerlend-Springz shahrida yakshanba ibodati uchun cherkovga kelgan odamlar avtomatdan o‘qqa tutildi. Fojea oqibatida 27 kishi qurbon bo‘ldi, 24 kishi yaralandi, ulardan 8 kishi og‘ir ahvolda.

Jinoyatchi politsiya bilan bo‘lgan otishmada u yo‘q qilingan.

ABS telekanali xabariga ko‘ra, ushbu jinoyat Texasning Nyu Braunfels shahridan bo‘lgan 26 yoshli Devin Kelli (Devin Kelley) ismli sobiq askar tomonidan sodir etilgan. Ta’kidlanishicha, u AQSh Harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan va 2014-yilda sodir etgan qoidabuzarliklari uchun tribunalga tortilib iste’foga chiqarilgan.

Yangiliklar lentasi
0