Texasda sobiq askar cherkovga kelgan 27 kishini otib tashladi

© Sputnik / Djeremi Xogan / Mediabankka o‘tishSotrudniki politsii vo vremya aksii protesta
Sotrudniki politsii vo vremya aksii protesta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Texasda 26 yoshli sobiq askar Devin Kelli cherkov ichida avtomatdan odamlarni o‘qqa tutdi 27 kishi qurbon bo‘ldi 24 kishi yaralandi.

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. AQShning Texas shtati Sazerlend-Springz shahrida yakshanba ibodati uchun cherkovga kelgan odamlar avtomatdan o‘qqa tutildi, deb xabar  qilmoqda Amerika OAVlari.

Fojea oqibatida 27 kishi qurbon bo‘ldi, 24 kishi yaralandi, ulardan 8 kishi og‘ir ahvolda.

Jinoyatchi politsiya bilan bo‘lgan otishmada u yo‘q qilingan. 

ABS telekanali xabariga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan odam Texasning Nyu Braunfels shahridan bo‘lgan 26 yoshli Devin Kelli (Devin Kelley) ismli sobiq askar ekan. U AQSh Harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan va 2014-yilda, sodir etgan qoidabuzarliklari uchun tribunalga tortilib iste’foga chiqarilgan ekan. 

Ayni damda Yaponiyada safarda bo‘lgan Donald Tramp Texasda jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi va vaziyatni kuzatib borayotganini xabar qildi.

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama, ushbu voqeadan so‘ng, yana bir bor Amerikada qurol olib yurishni ta’qiqlash kerakligini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, Obama prezidentlik davrida AQShda qurol olib yurishni ta’qiqlovchi qonun qabul  qilmoqchi bo‘lgan edi, lekin uning tashabbusi Kongressda qo‘llab-quvvatlanmagan edi.

Yangiliklar lentasi
0