Germaniyalik yuristlar O‘zbekiston sarmoyaviy qonunlarini yaxshilashga yordam beradi

Obuna bo‘lish
Bu haqidagi kelishuvga O‘zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Germaniya elchisi Gunter Overfeld bilan uchrashuvida erishgan.

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. O‘zbekiston sarmoya sohasidagi qonunlarni takomillashtirish maqsadida Germaniyaning yetakchi yuridik kompaniyalarini hamda soha ekspertlarini taklif qilishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu masalalar O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Germaniya federativ Respublikasi elchisi Gunter Overfeld bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

Minyust Uzbekistana i Top-5 yuridicheskix kompaniy SShA podpisali Memorandum o povishenii kvalifikatsii - Sputnik O‘zbekiston
Adliya vazirligi AQShning eng kuchli 5 yuridik kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

Xususan, O‘zbekiston tomoni sarmoyalar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda Germaniyalik ekspertlarni taklif qilish tashabbusi bilan chiqdi. Undan tashqari, O‘zbekiston sarmoyadorlarga konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi Germaniyaning yetakchi yuridik kompaniyalari vakillarini O‘zbekistonga  taklif qilish imkoniyati ko‘rib chiqlmoqda.

Mahalliy ekspertlar fikriga ko‘ra, bu mamlakatda ishonchli sarmoyaviy muhit yaratishga xizmat qiladi.

Hamkorlikning O‘zbekiston qiziqqan yana bir sohasi bu – sarmoyaviy va arbitraj huquqlari sohasida kadrlar tayyorlash va malaka oshirishdir. O‘zbekiston bu borada Germaniyaning tegishi tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatishni istaydi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zbekiston Adliya vazirligi AQShning bir necha nufuzli yuridik maslahat kompaniyalari mutaxassislari yordamida mamlakatdagi kadrlar malkasini oshirishni rejalashtirgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0