Parfumeriya do‘konidan 33 mln so‘mlik tovarni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

TOShKENT, 4 noya – Sputnik. 1-noyabrdan 2-noyabrga o‘tar kechasi R. Tojiboyev Mirobod tumani hududida joylashgan parfumeriya buyumlari do‘koniga kirib jami bahosi 33 mln 452 ming so‘mlik mol-mulkni o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Stado korov - Sputnik O‘zbekiston
Mart oyidan boshlab Farg‘onada sigirlarni o‘g‘irlab kelgan jinoiy to‘da qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari (o‘g‘irlik, ya’ni ancha miqdorda, omborxona va boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0