Mart oyidan boshlab Farg‘onada sigirlarni o‘g‘irlab kelgan jinoiy to‘da qo‘lga olindi

© Sputnik / Yuriy Kaver / Mediabankka o‘tishStado korov
Stado korov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Jinoiy guruh a’zolaridan jami 9 ta qora mol ashyoviy dalil tariqasida olingan. Ular o‘g‘irlikni VAZ-2102 rusumli avtomashinada sodir etganlar

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Qo‘shtepa va Farg‘ona tumanlarida yo‘qolgan sigirlar topildi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, Farg‘ona viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan tungi vaqtda viloyatning Qo‘shtepa tumani Yangi hayot qishlog‘idagi fermer xo‘jaligi shiyponida boqilayotgan, bir dona narxi 3 mln. so‘m bo‘lgan sigirni o‘g‘irlab ketayotgan shaxslar Toshloq tumanida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, 1975-yil tug‘ilgan muqaddam o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlangan A.D. o‘zining 5 nafar (shulardan uch nafari muqaddam sudlangan) jinoiy sheriklari bilan birgalikda Qo‘shtepa va Farg‘ona tumanlari hududida fuqarolarga tegishli bir qancha sigirlarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanganliklari ma’lum bo‘lgan.

Jinoiy to‘da joriy yilning mart oyi oxiridan aprel oyi oxiriga qadar Farg‘ona viloyati tumanlarida xonadonlarda boqilayotgan sigirlarga "ov" uyushtirib, umumiy narxi 18 million so‘mga yaqin jonivorlarni o‘marishgan.

Xususan, 28-martdan 29-martga o‘tar kechasi Qo‘shtepa tumanining Nurobod ko‘chasidagi xonadondan bir dona 3,5 mln. so‘mlik, 31-martdan 1-aprelga o‘tar kechasi Farg‘ona tumanining Qirg‘izsho‘ra ko‘chasidagi xonadondan bir dona 3 mln. so‘mlik, 12-apreldan 13-aprelga o‘tar kechasi Farg‘ona tumanidagi fermer xo‘jaligi dala shiyponida boqilayotgan ikki dona 4 mln. so‘mlik, 17-apreldan 18-aprelga o‘tar kechasi Qo‘shtepa tumanidagi fermer xo‘jaligi dala shiyponida boqilayotgan bir dona 1,5 mln. so‘mlik va bir dona 3 mln. so‘mlik, 23-apreldan 24-aprelga o‘tar kechasi Qo‘shtepa tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi dala shiyponida boqilayotgan bir dona 1,5 mln. so‘mlik va bir dona 1,3 mln. so‘mlik sigirlarni o‘g‘irlashgan.

"Jinoiy guruh a’zolaridan jami 9 ta qora mol ashyoviy dalil tariqasida olindi. Ular o‘g‘irlikni jinoiy guruh a’zolaridan biriga tegishli VAZ-2102 rusumli avtomashinada sodir etganlar", — deyilgan xabarda.

Hozirda jinoiy guruhning barcha a’zolariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0