TOShKENT, 4 noya – Sputnik. "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi tarkibidagi "O‘zagroeksport" AJ fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan anor mevasini xarid qilishni boshlayotganini e’lon qildi.
E’longa ko‘ra, xarid qilinishi mo‘ljallanayotgan anor "achchiq-dona", "kazake", "desertniy" navlariga tegishli bo‘lishi, rangi qizil, to‘q qizil, ko‘kish-sariq, mevalar bir xil kattalikda bo‘lishi, quyosh nuri qattiq ta’sir qilmagan, qora dog‘ va chiziqlari bo‘lmagan bo‘lishi shart.
Anor mevalari toifasiga qarab (katta-kichikligi, vazni) bir kilogrammi 4 ming so‘mdan 10 ming so‘mgacha sotib olinadi.
Shuningdek, xurmo mevasiga nisbatan quyidagi talablar qo‘yilgan: "Tamopon bolshoy", "Vaxsh", "Zenji-maru", "Tadjikskiy" navlari bo‘lishi, rangi tillarang-sariq, to‘q sariq, jigarrang, bir xil kattalikda bo‘lishi va quyosh nuri qattiq ta’sir qilmagan, qora dog‘ va chiziqlari bo‘lmagan bo‘lishi shart.
Xurmo mevasi toifasiga qarab bir kilogrammi 2200 so‘mdan 2600 so‘mgacha xarid qilinadi.