Italiyalik jurnalistlar O‘zbekistonga kelishdi

Obuna bo‘lish
Italiyalik bir guruh jurnalistlar respublika haqida maqolalarni chop etishmoqda. Birinchi material O‘zbekiston bozorlari va milliy taomlari haqida bo‘ladi.

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. "Italiya sayyohlik matbuot guruhi" (GIST) delegatsiya a’zolari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. "Jahon" axborot agentligi xabariga asosan.

Turisti vo vremya ekskursii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ziyorat turizmi bo‘yicha assotsiatsiya tashkil etiladi

Ushbu tashrif Italiyadagi O‘zbekiston elchixonasi va "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK va Italiyaning GSAIR ko‘magida tashkillashtirildi. 

Italiyalik jurnalistlar dunyoda mashhur bo‘lgan Il Giornale di Vicenza, Il Mattino, Brescia Oggi, Donna Moderna, Italia a Tavola, Qualitytravel, Il Giorno, Viaggi Vacanze, Veneziepost, l'Agenzia di viaggi nashrlar bilan ishlashadi.

Tashrif yakuni bo‘yicha O‘zbekiston haqida bir qator maqolalar tayyorlanadi. Italiyalik OAVlar 2,3 million kitobxon va mutaxassislarini qamrab oladi. Shu jumladan Twitter, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ko‘plab kuzatuvchilariga ega.

Maxsus Italia a Tavola jurnalining veb portalida "Ranglar, bozorlar va turli madaniyalar chorahasi: O‘zbekiston ziravorlari, mevalari va vinosi" nomli maqola tayyorlanib, unda undan ortiq yorqin suratlar namoyish qilingan.

Yangiliklar lentasi
0