O‘zbekiston va Peterburg qator sohalarda hamkorlikni kuchaytiradi

© Administratsiya Sankt-PeterburgaGubernator Sankt-Peterburga Georgiy Poltavchenko vstretilsya segodnya v Cmolnom s delegatsiyey Respubliki Uzbekistan vo glave s gosudarstvennim sovetnikom Prezidenta Respubliki Uzbekistan, predsedatelem Sentralnogo soveta Soyuza molodeji Uzbekistana Kaxramonom Kuranbayevim.
Gubernator Sankt-Peterburga Georgiy Poltavchenko vstretilsya segodnya v Cmolnom s delegatsiyey Respubliki Uzbekistan vo glave s gosudarstvennim sovetnikom Prezidenta Respubliki Uzbekistan, predsedatelem Sentralnogo soveta Soyuza molodeji Uzbekistana Kaxramonom Kuranbayevim. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburg gubernatori mehnat migratsiyasini muvofiqlashtirish, turizmni rivojlantirish, madaniy-tarixiy yo‘nalishda qo‘shma loyihalar tashkil etish, yoshlar tashkilotlari va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifalar ekanligini aytdi

TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko Smolniyda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda shahar ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot davomida Poltavchenko mehnat migratsiyasini muvofiqlashtirish, turizmni rivojlantirish, madaniy-tarixiy yo‘nalishda qo‘shma loyihalar tashkil etish, yoshlar tashkilotlari va oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifalar ekanligini bildirdi.

Delegatsiya Soyuza molodeji Uzbekistana pribila v Novosibirsk - Sputnik O‘zbekiston
Novosibirskdagi o‘zbekistonlik yoshlarga munosib mehnat sharoiti yaratib beriladi

Gubernator O‘zbekiston hukumatining yoshlarga berayotgan e’tiborini ijobiy baholadi.

Qahramon Quronboyev O‘zbekiston delegatsiyasi shimoliy poytaxtga Sankt-Peterburg bilan yoshlar siyosati borasida hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish uchun tashrif buyurganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 30-oktabr kuni Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi boshchiligidagi 21 kishilik O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga safari boshlandi.

Delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston prezidenti Devoni, Milliy xavfsizlik xizmati, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va boshqa mutasaddi idoralar vakillari o‘rin olgan.

Safar 9-noyabrga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0