Novosibirskdagi o‘zbekistonlik yoshlarga munosib mehnat sharoiti yaratib beriladi

© FacebookDelegatsiya Soyuza molodeji Uzbekistana pribila v Novosibirsk
Delegatsiya Soyuza molodeji Uzbekistana pribila v Novosibirsk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Novosibirskdagi o‘zbekistonlik yoshlarga munosib mehnat sharoitini yaratib berish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv belgilandi

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengash raisi boshchiligidagi 21 kishilik O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga safari boshlandi. Bu haqda Markaziy kengash raisi Qahramon Quronboyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston prezidenti Devoni, Milliy xavfsizlik xizmati, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va boshqa mutasaddi idoralar vakillari o‘rin olgan.

Kecha delegatsiya Novosibirsk viloyatida bo‘lib, hududda yashayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning ish joylari, yashash sharoitlari bilan tanishdi. Yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.

© Facebook Delegatsiya Novosibirskdagi o‘zbekistonlik yoshlarning ish joylari, yashash sharoitlari bilan tanishdi
Delegatsiya Soyuza molodeji Uzbekistana pribila v Novosibirsk  - Sputnik O‘zbekiston
Delegatsiya Novosibirskdagi o‘zbekistonlik yoshlarning ish joylari, yashash sharoitlari bilan tanishdi

Bugun Novosibirsk viloyati gubernatori, hukumat vakillari, yoshlar tashkiloti rahbarlari, iqtisodiyot sohasi bo‘yicha mas’ul xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda viloyatda istiqomat qilayotgan yoshlarning muammolari o‘rtaga tashlandi. Ularga munosib mehnat sharoitini yaratib berish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv belgilandi.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda Novosibirskda taxminan 12,5 ming nafar o‘zbekistonlik vatandoshlar istiqomat qiladi.

Ishchi guruh Rossiya Federatsiyasida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, Yoshlar ittifoqining Rossiya Federatsiyasi hududida boshlang‘ich tashkilotini tuzish, o‘zbekistonlik yosh mehnat migrantlarining faoliyati, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, noqulay sharoitlarda mehnat qilayotgan yigit-qizlarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘mak berish kabi maqsadlarni amalga oshiradi.

Uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydigan yoshlar Telegramdagi https://t.me/xorijdagiyoshlar kanalida murojaat qoldirishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0