O‘zbekiston va Tojikistonning turizm kompaniyalari o‘rtasida memorandum imzolandi

© Goskomturizm RUTuroperatori Tadjikistana i Uzbekistana zaklyuchili memorandum o sotrudnichestve v ramkax biznes-foruma
Turoperatori Tadjikistana i Uzbekistana zaklyuchili memorandum o sotrudnichestve v ramkax biznes-foruma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar milliy turizm brendlarini shakllantirish va ularni Buyuk ipak yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro turizm bozorlarida birgalikda targ‘ib qilish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Biznes-forum anjuman doirasida O‘zbekiston va Tojikistonning turizm sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Turizm davlat qo‘mitasi qoshidagi "Milliy turizm mahsulotlarni targ‘ibot qilish markazi" va Tojikistonning "Oriyent-Adventur", "Skay-Tur" va "Roxat-Tur" kompaniyalari turizm sohasida hamkorlik qiladilar. Tomonlar milliy turizm xizmatlarini targ‘ibot qilish, turizm salohiyati haqidagi ma’lumotlar bilan almashish istagini bayon etishdi.

Shuningdek, tomonlar milliy turizm brendlarini shakllantirish va ularni Buyuk ipak yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro turizm bozorlarida birgalikda targ‘ibot qilish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0