TOShKENT, 3 noya – Sputnik. MDH hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida so‘zga chiqqan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Hamdo‘stlik shunday ko‘rinishdagi barcha xalqaro maydonlar ichida eng mustahkam va puxta ishlab chiqilgan shartnomaviy asosga ega ekanligini ta’kidladi.
"Bu o‘z mevasini bermoqda. Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra Hamdo‘stlik mamlakatlarida tovar almashish hajmi chorak baravarga, uchinchi davlatlar bilan 27 foizga oshgan. Agarda butun MDH makonida erkin savdo hududi tamoyillarini joriy etadigan bo‘lsak, bu savdo-iqtisodiy munosabatlarimizga yangi turtki beradi", — dedi Rossiya bosh vaziri.
U shu bilan birga hozirda bu boradagi ishlar faol olib borilmayotganini, ko‘plab to‘siq va burokratik masalalarni yechish zarurligini qo‘shib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda MDH hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.