Aripov: MDH hududida to‘laqonli erkin savdo zonasini tashkil etish zarur

© Pravitelstvo Kirgizskoy respublikiPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aripov MDH hukumat rahbarlari yig‘ilishida Hamdo‘stlik hududida to‘laqonli erkin savdo zonasini tashkil etishga alohida e’tibor berishni taklif qildi. Buning natijasida MDHga a’zo mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro tashqi savdoni kengaytirish, yangi ishlab chiqarishlarni tatbiq etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov MDH hududida erkin savdo zonasini tashkil etishga alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirxiyoyeva s premyer-ministrom Tadjikistana Koxirom Rasulzoda - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev MDH davlatlari bosh vazirlari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

"O‘zbekiston MDH doirasida ko‘plab yo‘lanalishlar bo‘yicha faol ishtirok etishni ta’minlaydi", — dedi Aripov Hamdo‘stlik hukumat rahbalari yig‘ilishida.
Bu yerda birinchi navbatda savdo-sotiq, investitsiya, transport, turizm, ta’lim, ilm-fan va xavfsizlik yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilish nazarda tutilmoqda.

Aripov yig‘ilishda MDH hududida to‘laqonli erkin savdo zonasini tashkil qilishga e’tibor berishni taklif qildi. Bu o‘z navbatida mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro tashqi savdoni kengaytirish va yangi ishlab chiqarishlarni tatbiq etish, qo‘shimcha ish joylarni tashkil qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi.

Bundan tashqari, Aripov transport kommunikatsiya sohasini rivojlashtirish, kelishilgan va samarali tarif siyosatini amalga oshirish, Hamdo‘stlik mamlakatlarida mavjud bo‘lgan turizm salohiyatini yanada rivojlashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor berish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

"Terrorchilik, ekstremistik kuchlarga, shuningdek narkotrafikka qarshi birgalikda muvofiqlashtirilgan kurashish, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishlarida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor berish zarur", — dedi Aripov.

O‘zbekiston bosh vazirining fikriga ko‘ra, gumanitar va madaniy aloqalar almashinuvi mamlakatlar o‘rtasida do‘stona va o‘zaro ishonchi munosabatlarni mustahkamlaydi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda MDH hukumat rahbarlari kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilish ishtirokchilari iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy sohalardagi 19 ta masalalarni ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Yig‘ilish O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0