TOShKENT, 3 noya — Sputnik. "Kamaz" va "O‘zavtosanoat" O‘zbekistonda yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etishni rejalashtirdi, deb xabar berdi Rossiya avtokorxonasi matbuot xizmati.
"O‘zavtosanoat" AJ boshqaruv raisi Umidjon Salimov va "KamAZ" bosh direktori Sergey Kogogin O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari ishtirokida O‘zbekistonda yuk tashuvchi transport vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik bitimini imzoladi.
"KamAZ" markasi ostidagi yuk tashuvchi transport vositalarini ishlab chiqarish UzAuto Trailer MChJ quvvatida tashkillashtiriladi. Kelgusida respublika hududida avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha qo‘shma korxona yaratiladi.
Shartnomaga ko‘ra, "Kamaz" va "O‘zavtosanoat" o‘z faoliyatini mos ravishda "Kamaz" tashqi savdo kompaniyasi" va i UzAutoTrailer orqali olib boradi. UzAutoTrailer shassi yig‘ish, o‘zi tomonidan va hamkorlikda ishlab chiqarilgan sozlamalarni montaj qilish bilan shug‘ullanadi.
"KamAZ" avtomobillarini yig‘ish uchun dastlabki 100 ta yig‘uv to‘plamini dekabr oxiriga qadar yetkazib berish rejalashtirilgan.
Tayyorlangan yuk mashinalari O‘zbekiston ichki bozorida sotiladi qo‘shma distribyutor-tashkilotlar hamda uning dilerlik tarmog‘i orqali va eksport bozorlariga yetkazib beriladi.
Bundan tashqari, hamkorlik shartnomasi doirasida O‘zbekistondan "KamAZ" korxonalariga butlovchi qismlar va maxsus kuzovlar yetkazib berish rejalashtirilgan.