Jamiyat

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida qator hujjatlar imzolandi

© MO RF / Flagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ikki kunlik davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi

TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning tashrifi doirasida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida qator hujjatlar imzolandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Xabarga koʻra, Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati va Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi oʻrtasida kelishuv, "Rosatom" davlat korporatsiyasi va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi oʻrtasida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish borasida hamkorlik qilish haqidagi memorandum, "TVEL" AJ va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti oʻrtasida VVR-SM tadqiqot reaktori uchun yoqilgʻi ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Ofitsialnыy vizit premyer-ministra RF D. Medvedeva v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bosh vazir Aripov Medvedev bilan uchrashuv oʻtkazdi

Shuningdek, "Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilgʻi (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasini moliyalashtirishni tashkillashtirish boʻyicha, "Jizzax viloyatida neftni qayta ishlash majmuasini qurish" investitsion loyihasini moliyalashtirish haqida, Rossiya eksport markazi va "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB oʻrtasida hamkorlik va kredit limitini oʻrnatish haqidagi bitimlar imzolandi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Tashqi savdo vazirligi va Rossiya Sanoat va savdo vazirliklari oʻrmon sanoati majmuasi va ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalari sohasida oʻzaro anglashuv memorandumlarini imzoladi.

Kamaz va "Oʻzavtosanoat" hamkorlik haqida shartnoma tuzdi.

"oʻzqurilishmateriallari" va Yevrotsement grup quruq usulda quvvati yiliga 160 million dollarlik 2,4 million tonna miqdorida tsement ishlab chiqariladigan yangi zavod qurilishi boʻyicha investitsion loyihani amalga oshirish tartibi haqida bitim imzoladi.

Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi va Gazprombank oʻrtasida Oʻzbek-Rossiya strukturaviy moliyalash markazini tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Eslatib oʻtamiz, Dmitriy Medvedev bugun ikki kunlik davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.

Yangiliklar lentasi
0