Jamiyat

Bosh vazir Aripov Medvedev bilan uchrashuv oʻtkazdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev /  / Mediabankka oʻtishOfitsialnыy vizit premyer-ministra RF D. Medvedeva v Uzbekistan
Ofitsialnыy vizit premyer-ministra RF D. Medvedeva v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Medvedev Oʻzbekiston poytaxtidagi ajoyib ob-havoni ham eʼtirof etdi

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev oʻzbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan uchrashdi.

Rossiya hukumati raisi oʻzaro munosabatlar barcha idoralar boʻyicha rivojlanayotganligini taʼkidladi.

Predsedatel pravitelstva RF Dmitriy Medvedev i premyer-ministr Uzbekistana Shovkat Mirziyeyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Dmitriy Medvedev Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

"Eng asosiysi, bular shunchaki munosabat, shunchaki suhbatlar emas, ular aniq kelishuvlarga aylanmoqda. Bugun darhaqiqat ulkan hujjatlar toʻplami imzolanadi", — dedi Medvedev uchrashuv davomida.

U Oʻzbekiston poytaxtidagi ajoyib ob-havoni ham eʼtirof etdi.

"Bizni tom va koʻchma maʼnoda iliq kutib olganingiz uchun rahmat! Mamlakatlarimiz oʻrtasida haqiqatan ham iliq va doʻstona munosabatlar mavjud… Toshkentda havo juda iliq, hattoki menimcha noyabrda boʻladigan haroratdan koʻra ancha iliq. Bu mamlakatlarimiz oʻrtasidagi bugungi munosabatlar ruhini ham ifodalaydi deb umid qilaman", — deb qoʻshimcha qildi Medvedev.

Oʻz navbatida Aripov Rossiya bosh vaziriga Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlarini rivojlantirish yoʻlida olib borayotgan ishlari uchun minnatdorlik bildirdi.

"Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligi oʻzaro hurmat, ishonchga asoslangan", — qayd etdi Oʻzbekiston bosh vaziri. Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston prezidentining Rossiyaga amalga oshirgan safari "Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochdi".

"Bugungi uchrashuv va bugun imzolanadigan hujjatlar albatta iqtisodiyotlarimizning yanada rivojlanishi va oʻzaro manfaatli hamkorligimiz bundan buyon ham rivojlanishiga xizmat qiladi deb oʻylayman", — deb taʼkidladi Aripov.

Yangiliklar lentasi
0