Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Medvedev bilan muzokaralar oʻtkazmoqda

© Sputnik / Aleksandr Astafyev /  / Mediabankka oʻtishPremyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm
Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentda boʻlib oʻtayotgan uchrashuv natijasida bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Ayni damda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Oʻzbekiston Senati binosida uchrashuv oʻtkazishmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Rossiya orasida bir necha ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Undan oldin Dmitriy Medvedev Toshkentdagi Mustaqillik maydonida joylashgan  "Mustaqillik va insonparvarlik" monumenti poyiga gullar qoʻydi.

Ofitsialnыy vizit premyer-ministra RF D. Medvedeva v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bosh vazir Aripov Medvedev bilan uchrashuv oʻtkazdi

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Toshkentda Rossiya delegatsiyasining tashrifi boʻlib oʻtmoqda. Delegatsiya tarkibiga bosh vazir birinchi oʻrinbosari Igor Shuvalov, oʻrinbosari Dmitriy Rogozin, Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin, Savdo va sanoat vaziri Denis Manturov va Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenevlar kirgan.

Dmitriy Medvedevning Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtgan.Undan soʻng “Bugun haqiqatdan ham juda koʻp hujjatlar imzolanadi”, — dedi Medvedev.

“Kelajakda ushbu hujjatlar bizning iqtisodlarimiz hamda va oʻzaro hamkorligimiz yanada rivojlanishiga hissa qoʻshadi”, — dedi Aripov uchrashuv yakunida.

Rasmiy uchrashuvlardan soʻng Dmitriy Medvedev Toshkentda boʻlib oʻtadigan MDH hukumat rahbarlari uchrashuvida ishtirok etadi.

 

Yangiliklar lentasi
0