Hodisalar

Kafedagi janjalda 21 yoshli qiz yigitni pichoqladi

© Sputnik / Ubiystvo nojom
Ubiystvo nojom - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Jabrlanuvchi ogʻir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan

TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Toshkent viloyatining Quyichirchiq Quyichirchiq tumanida yashovchi 1996 yilda tugʻilgan N. Alixonova (ism-familiyalar oʻzgartirilgan) oʻzi ishlaydigan kafeda oʻzaro janjallashib qolgan.

Hodisalar
Toshkentdagi kollejda ikki oʻquvchi pichoqlandi: bir oʻquvchi vafot etdi

U 1987 yilda tugʻilgan X. Latipovning qorin qismiga oshxona pichogʻi bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi ogʻir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat yuzasidan N. Alixonovaga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergovni IIB olib bormoqda, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

Yangiliklar lentasi
0