TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Dmitriy Medvedev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi va MDHga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashida ishtirok etadi, deb xabar qildi Rossiya hukumati matbuot-xizmati.
Bundan tashqari, yirik infratuzilmaga oid hamda yuqori texnologiyali loyihalarning hayotga tatbiq etilishi jarayoni ko‘zdan kechirilishi rejalashtirilmoqda.
"Asosiy e’tibor O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilda Rossiya Federatsiyasiga qilgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga qaratiladi", — deyilgan xabarda.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha huqumatlararo, idoralararo va korporativ hujjatlar to‘plami imzolanadi.
3 noyabr kuni Medvedev Toshkent shahrida o‘tkaziladigan MDHga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashida ishtirok etadi.