Jamiyat

Endi IIV matbuot xizmati OAV va internetni tunu kun kuzatib boradi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka oʻtishPolzovateli interneta chitayut sayt WikiLeaks
Polzovateli interneta chitayut sayt WikiLeaks - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi materiallarini kuzatib boradi

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tizimida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tuziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori eʼlon qilindi.

Hujjatga koʻra, boshqarma ichki ishlar organlari faoliyatini axborot kuzatuvi ishlarini muvofiqlashtirish, ular mansabdor shaxslarining fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv va brifinglarini, jamoat xavfsizligini taʼminlash va mamlakatda huquq-tartibotni mustahkamlash masalalari boʻyicha fuqarolar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotlarini tashkil etish bilan shugʻullanadi.

Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
IIV rahbari: Oʻzbekistonda hozirda militsiya yoʻq

Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi materiallarini tunu-kun monitoring va tahlil qilishni taʼminlash, notoʻgʻri xabar yoki ichki ishlar organlari obroʻsiga putur yetkazuvchi materiallarga zudlik bilan munosabat bildirish boshqarmaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Shuningdek, boshqarma huzurida mediamarkaz tashkil etiladi. Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb masalalari haqida aholini muntazam ravishda xabardor qilish boʻyicha medialoyihalar tayyorlash va amalga oshirish, ularni bajarishda hamkorlik oʻrnatish mediamarkazning vazifasi hisoblanadi. Mamlakatdagi kriminal vaziyat, ichki ishlar organlari faoliyati toʻgʻrisida notoʻgʻri va boshqa axborotlar tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida telekanallarda oʻz vaqtida, keng va ishonchli obʼyektiv baho berish ham mediamarkaz zimmasiga yuklatiladi.

Ichki ishlar vazirligi 2017 yil 1 dekabrgacha boʻlgan muddatda — jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻlgan jinoyat va voqealarni oʻz vaqtida va ishonchli yoritish tartibini tasdiqlashi, shu jumladan, ichki ishlar organlarining mazkur masalalar boʻyicha vakolatli masʼul xodimlarining efirga chiqishlarini tashkil etishi belgilab qoʻyildi.

Yangiliklar lentasi
0