Hodisalar

Oʻzbekiston maxsus xizmatlari Soipov haqida batafsil maʼlumot berdi

© REUTERS / Brendan McDermid / Sledovateli naxodyatsya ryadom s gruzovikom Home Depot, kotorыy nayexal na lyudey na velosipednoy dorojke v nijnem Manxettene v Nyu-Yorke
Sledovateli naxodyatsya ryadom s gruzovikom Home Depot, kotorыy nayexal na lyudey na velosipednoy dorojke v nijnem Manxettene v Nyu-Yorke - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQShga borganidan keyin Sayfulla Soipov odamovi boʻlib qolgan, radikal guruhlarning taʼsiri ostiga tushgan

TOSHKENT,2 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli idoralari 31 oktyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida Oʻzbekiston fuqarosi Sayfulla Soipov terrorchilik xuruji sodir etishda gumon qilinganligi haqidagi taxminni tasdiqladi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.

Donald Tramp na press-konferentsii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp: Sayfulla Saipovga oʻlim jazosi berilishi kerak!

Maʼlumotlarga qaraganda, Soipov Sayfulla Habibullayevich 1988 yil 8 fevralda Toshkentda tugʻilgan. 2005 yili kasb-hunar kollejini tamomlagan, 2005-2009 yillari Toshkent Moliya institutida oʻqigan. Oliy oʻquv yurtini tamomlaganidan soʻng poytaxtdagi "Sayohat" mehmonxonasiga hisobchi boʻlib ishga joylashgan.

AQShga ketguniga qadar S.Soipov jinoiy javobgarlikka tortilmagan va umuman huquq-tartibot idoralarining eʼtiboriga tushmagan.

U 2010 yili "grin kard" lotereyasini yutgan va oʻsha yilning oʻzida AQShga joʻnab ketgan. Soʻnggi bir necha yil davomida u AQShda vaqtincha istiqomat qilayotgan oʻzbekistonlik ayol bilan fuqarolik nikohida boʻlgan. Oʻshandan buyon S.Soipov Oʻzbekistonga biron marta ham kelmagan, hozir ham Toshkentda yashaydigan oʻz ota-onasi bilan koʻrishmagan.

S.Soipov AQShda boʻlishi davrida Oʻzbekistonning diplomatiya vakolatxonalarida konsullik hisobida turmagan, holbuki amaldagi yuridik meʼyorlarga muvofiq konsullik hisobida turishi lozim boʻlgan.

Posolstvo SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
AQSH elchixonasi Mirziyoyevga tashabbusi uchun minnatdorlik bildirdi

"Mahalladagi qoʻshnilari S.Soipovga juda ijobiy taʼrif berishdi: ularning aytishlaricha, u hech qanday shubha uygʻotmagan, boshqalarga nisbatan doimo oʻzini vazmin va samimiy tutgan. Farovon oilada tarbiya koʻrgan. Ota-onasi anʼanaviy islomga eʼtiqod qiladi va hech qachon qandaydir ekstremistik oqimlar bilan aloqada boʻlishmagan", — deyiladi xabarda.

AQShga borganidan keyin Sayfulla Soipov odamovi boʻlib qolgan, radikal guruhlarning taʼsiri ostiga tushgan. Bu haqda AQSH OAV ham uni bilgan odamlarning fikrlariga tayanib shunday xabar berdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Donald Trampga yoʻllagan taʼziyanomasida Nyu-York shahridagi terrorchilik harakati oqibatida begunoh kishilarning qurbon boʻlgani munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etdi. Prezident Oʻzbekiston tomoni ushbu terror harakatini surishtiruv ishlariga koʻmak koʻrsatish uchun bor kuch va vositalarini ishga solishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0