AQSh elchixonasi Mirziyoyevga tashabbusi uchun minnatdorlik bildirdi

Obuna bo‘lish
Ilgariroq Mirziyoyev Nyu-Yorkdagi terakt munosabati bilan AQSh prezidenti Donald Trampga ta’ziya bildirgan hamda O‘zbekiston tomoni ushbu holat bzasidan tergov ishlarida ko‘mak berishga tayyorligini ta’kidlagandi

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qo‘llab-quvvatlovi va Nyu-Yorkdagi terrorchilik harakati bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borishda Amerika tomoniga ko‘mak berish tashabbusi bilan chiqqanligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Foto podozrevayemogo v nayezde na velosipedistov Sayfullo Saipova - Sputnik O‘zbekiston
Nyu-Yorkda odamlar umriga zomin bo‘lgan Sayfullo Soipov haqida nimalar ma’lum

"AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qo‘llab-quvvatlovi va Nyu-Yorkdagi terrorchilik harakati bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borishda ko‘mak berish tashabbusi bilan chiqqanligi uchun minnatdorlik bildiradi", — deyiladi elchixonaning Facebookdagi sahifasida.

Ilgariroq Mirziyoyev Nyu-Yorkdagi terakt munosabati bilan AQSh prezidenti Donald Trampga ta’ziya bildirgan hamda O‘zbekiston tomoni ushbu holat bzasidan tergov ishlarida ko‘mak berishga tayyorligini ta’kidlagandi.

Seshanba kuni Nyu-York markazida, Manxettenda, kichik yuk avtomobili (pikap) velosipedchilar yo‘lagidan bir necha kilometr bosib o‘tgan va maktab avtobusiga borib urilgan. Oqibatda 8 kishi qurbon bo‘lgan va 10dan ortiq kishi jarohatlangan. Nyu-York meri Bill De Blazio ushbu voqeani terakt deb atadi.

AQSh OAVlari xabariga ko‘ra, mazkur teraktni sodir etishda gumonlanib qo‘lga olingan shaxs 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Seyfullo Soipov bo‘lib chiqqan. U AQShga 2010-yilda grin karta orqali kelgan.

Yangiliklar lentasi
0