TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkentda jamoat transportini aholi uchun qulayroq qilishga qaratilgan choralar koʻrilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
2030 yilga qadar jamoat transportini rivojlantirish kontseptsiyasiga Toshkent yoʻllarida jamoat transportiga ustuvorlik berish rejalashtirilgan. Bu avtobuslar harakat tezligini 10-12 % ga oshirishi kerak.
Shuningdek, hukumat jamoat transporti uchun chorrahalarni kesib oʻtishda, avtobuslar bekatdan yoʻlning eng oʻng qatoriga chiqishda ustuvorlik huquqi berish va boshqa choralar koʻrib chiqilmoqda.
Barcha avtobus bekatlari yangilanishi, ularni elektron tablichkalar bilan jihozlash, eng oxirgi bekatlarda haydovchilar dam olishi uchun qulayliklar yaratilishi koʻzda tutilmoqda.
Undan tashqari, dunyoning yetakchi aholi zich yashaydigan shaharlari London, Nyu York va Moskvada boʻlgani kabi, shaxsiy avtotransportning shahar markaziga kirishi, toʻxtab turishi borasida cheklovlar kiritilishi kutilmoqda.
Shuningdek, marshrut taksilari ham shahar markazida harakatlanishga cheklov kiritilib, ularning oʻrniga avtobuslar joriy etilishi mumkin.
"Toshshaxartransxizmat" rivojlangan xorijiy mamlakatlar misolida Toshkentda ham barcha avtobuslar harakatlanishini real vaqtda nazorat qilib turish imkonini beradigan tizim kiritishni rejalashtirgan. Ushbu tizimishga tushganidan keyin avtobus bekatlarida oʻrnatilgan maxsus ekranlarda har bir avtobus necha daqiqada yetib kelishi haqida maʼlumot paydo boʻladi. Shuningdek yoʻlovchilar avtobuslar harakatlanish jadvali va aniq vaqtini oʻz smartfonlari orqali kuzatib borishlari ham mumkin boʻladi.
Shuni taʼkidlash kerak-ki, Bugungi kuna Toshkentda yoʻlovchi oqimi kunida 4,75 mln kishini tashkil qiladi. Shaharda 266ta yoʻnalish mavjud boʻlib, ulardan 146tasi avtobusli va 120tasi marshrut taksilari yoʻnalishlari.
Bugungi kunda Toshkentda avtobuslar oʻrtacha tezligi 21 km/soatni, eng gavjum vaqtlarda esa 16,9 km/soatni tashkil qilmoqda.