O‘zbekistonda yil oxiriga qadar 86 shahar va shaharlararo avtobus yo‘nalishi ochiladi

© Nuz.uzAvtobus na Charvak
Avtobus na Charvak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilda 86 shahar va shaharlararo avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan. Bugungi kungacha 81 yo‘nalish bo‘yicha yo‘l chizmasi, qatnov jadvali va boshqa ma’lumotlar ishlab chiqildi. 57 yangi avtobus yo‘nalishi ochilib, qatnovlar yo‘lga qo‘yilgan.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. 2017-yilda 86 shahar va shaharlararo avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan, deb xabar qildi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi direktori o‘rinbosari Sh. Shovahobov Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, avtotransport sohasida tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar hamda interaktiv xizmatlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

Passajiri na avtovokzale - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston parlamenti O‘zbekistonga avtobus yo‘nalishlari ochilishini ma’qulladi

"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, avtomobil transportida litsenziyalash tartibi soddalashtirildi, — deydi agentlikning litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i Abror Isayev. — Jumladan, tadbirkorlik subyektlariga shaharlararo yuk va yo‘lovchi tashish uchun litsenziya berishga qaror qabul qilish va litsenziya varaqalarini berish agentlikning joylardagi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi hamda avtotransport faoliyat turining litsenziyalanadigan uchta qismi qisqartirildi. Shuningdek, litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi

Shovahobovning qayd etishicha, 2017-yilda 86 shahar va shaharlararo avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan. Bugungi kungacha 81 yo‘nalish bo‘yicha yo‘l chizmasi, qatnov jadvali va boshqa ma’lumotlar ishlab chiqildi. 57 yangi avtobus yo‘nalishi ochilib, qatnovlar yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Navoiy viloyatida ikkita, Surxondaryo viloyatida bitta avtostansiya foydalanishga topshirildi. Rekonstruksiya qilinadigan olti avtovokzal va avtostansiyaning ikkitasida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Bu yo‘nalishdagi ishlar tizimli davom etmoqda.

Perviy den raboti s passajirami - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 350 ta gazda yuruvchi MAN avtobuslari paydo bo‘ladi
Avtobus va mikroavtobuslarda yo‘lovchilar tashishni amalga oshirishning markazlashtirilgan holda monitoringi olib borilishini ta’minlash maqsadida "Bepro-dasturchilar markazi" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Guliston shahrida 60, Andijon shahrida 142, "Telematix" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Farg‘ona shahrida 108 avtobusga pilot loyihasi doirasida onlayn rejimida masofadan kuzatish tizimi — GPS trekerlari o‘rnatildi.

2017 yil 1-may kuni Andijon shahridagi 150 avtobusda yo‘l haqi to‘lovini elektron tarzda amalga oshirish tizimi ishga tushirildi.

"Mikroelektronika" MChJ tomonidan Guliston shahridagi 10 avtobusga sinov tariqasida validator, ya’ni tekshiruvchi moslamalar o‘rnatildi.

Yangiliklar lentasi
0