TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimiga Alisher Sultonovni tayinladi.
"Alisher Saidabbasovich Sultonov prezident qarori bilan bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi", — deb ma’lum qildi RIA Novostiga xolding vakili.
Xolding vakili so‘zlariga ko‘ra, Sultonov "O‘zbekneftegaz" AJda rais lavozimini saqlab qoldi. Alisher Sultonov 2015-yildan beri esa «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Shuningdek, Sultonov Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati kompleksi rahbari sifatida G‘ulomjon Ibragimovning o‘rnini egallaydi.
G‘ulomjon Ibragimov 30-oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga ko‘ra Toshkent viloyatiga hokim vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangandi.