O‘zbekiston TVsining sobiq rahbari avtoyo‘l qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

© press-slujba Goskomiteta po avtodorogamBivshiy glava Natsionalnoy teleradiokompanii Uzbekistana Xurshid Mirzaxidov
Bivshiy glava Natsionalnoy teleradiokompanii Uzbekistana Xurshid Mirzaxidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xurshid Mirzohidov shu yilning fevralida 12-yil davomida televideniyega rahbarlik qilgan Alisher Xo‘jayev o‘rniga rahbar etib tayinlangan va avgust oyida lavozimidan bo‘shatilgandi

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining sobiq rahbari Xurshid Mirzohidov Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Toshkentdagi teleminora - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston" TRK raisi nega ishdan olindi?

U avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosar — "O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish" unitar korxonasi direktori vazifasini bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, Xurshid Mirzohidov 1995-yili Toshkent elektrotexnika aloqa institutini radioaloqa, radoieshittirish va televidenie muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha, 2004-yili Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi Oliy biznes maktabini biznesni boshqarish magistri unvoni bilan tamomlagan.

U 1994—2015 yillarda aloqa va axborotlashtirish sohasidagi korxonalarda turli lavozimlarda ishlagan. Xurshid Mirzohidov 2009—2010 yillarda O‘zMTRK raisi birinchi o‘rinbosari, 2010—2012 yillarda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori birinchi o‘rinbosari sifatida ishladi.

Xurshid Mirzohidov shu yilning fevralida 12-yil davomida televideniyega rahbarlik qilgan Alisher Xo‘jayev o‘rniga rahbar etib tayinlangan va avgust oyida lavozimidan bo‘shatilgandi.

Yangiliklar lentasi
0