O‘zbekiston hududi bo‘ylab kuchli shamol va havo harorati isishi kutilmoqda

© Ana_JAnomalnaya jara
Anomalnaya jara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
27-28 oktabr kunlari O‘zbekiston hudidi bo‘ylab shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, 29-oktabr kuni esa havo harorati +33 darajaga ko‘tarilishi mumkin.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. 27-28 oktabr kunlari O‘zbekiston hududida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, deb xabar qiladi "O‘zgidromet" markazi.

Posledstviya Uragana - Sputnik O‘zbekiston
Ertaga O‘zbekiston hududi bo‘ylab kuchli shamol kuzatiladi

Xabarda aytilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxodaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘ylab havo harorati 29-31 oktabr kunlari kunduzi +27 +33 darajadaga ko‘tarilishi mumkin. Kechasi esa +7 +17 darajada bo‘ladi.

27 oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida va 28-oktabr kuni Toshkentda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17-oktabr kuni Toshkent shahrida va Buxoro viloyati hududida 32 m/s tezlikda shamol kuzatilgandi.

Kuchli shamol oqibatida bir kishi vafot etdi. Shamol uylar va binolarning tomlari, avtomobillarga zarar yetkazdi. Elektr tarmoqlarining uzilishi tufayli elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar sodir bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0